TOSHKENT, 16 noya — Sputnik. Oʻrta Osiyoda tezyurar temiryoʻl poyezdlar harakatini yoʻlga qoʻygan birinchi mamalkat — Oʻzbekiston boʻldi. Afrosiob tezyurar poyezdlari Toshkent va Samarqand, Samarqand va Buxoro orasida harkatlana boshladi, deb xabar qilmoqda UzLiDep matbuot xizmati.
Shu bilan bir vaqtda ayni damda rejalashtirilayotgan uzunligi 396 km, umumiy qiymati 283 million boʻlgan "Buxoro — Miskin" temiryoʻli Oʻzbekistondan Qozogʻiston va Rossiyaga yuk tashish hajmini sezilarli oshirishi kerak. Yangi temir yoʻl qurilishi ikki bosqichdan iborat boʻladi. Boshida teplovozlar harakatlanadigan temir yoʻl quriladi. Keyingi bosqichda ushbu temir yoʻl elektrlashtiriladi.
Uzunligi 325 km boʻlgan Qarshi — Termez yoʻlini elektrlashtirish uchun esa — 428 mln dollar xarajat qilinishi kerak. Ushbu mablagʻ Osiyo Taraqqiyot banki, Yaponiya Xalqaro hamkorlik agentligi mablagʻlari hisobidan quriladi. Ushbu yirik loyihani amalga oshirish bugungi kunda mavjud boʻlgan yoʻlovchi va yuk tashish xarajatlarini 35 %ga qisqartirishi kerak.
Ushbu yoʻnalishda 11ta zamonaviy lokomotivlar harakatlanishi nazarda tutilgan. Yangi yoʻl Oʻzbekistonga Hindiston va Janubiy va Janubi-sharqiy Osiyo mamlakatlari portlariga chiqishga yoʻl ochib berishi kerak. Shuningdek ubu yoʻldan Afgʻoniston orqali oʻtadigan temir yoʻl orqali oʻtish imkoniyati paydo boʻladi.
Eslatib oʻtamiz, ushbu yili toʻliq elektrlashtirilgan "Angren — Pop" temr yoʻl boʻlagi ishga tushdi, va tezyurar elektropoyezdlar Toshkentdan Andijonga qatnay boshladi. Rejalashtirilgan temir yoʻllar qurib bitkazilganidan keyin Oʻzbekiston orqali Xitoyni Yevropa bilan bogʻlanadigan transport koridori ishga tushishi mumkin. 2019 yil oxiriga qadar Oʻzbekistonda elektrlashtirilgan temir yoʻllar hajmi34% dan 51 %ga yetishi kerak.