Tramp AQShdan nolegallarni va Xillari Klintonni deportatsiya qilishga so‘z berdi

© Sputnik / Kevin Dauns / Mediabankka o‘tishMilliarder Donald Tramp
Milliarder Donald Tramp - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Respublikachilar partiyasidan Amerika prezidentligiga nomzod milliarder Donald Tramp Qo‘shma Shtatlarda nolegallarni deportatsiya qiladigan maxsus guruhni tashkil qilish niyatida ekanligini ma’lum qildi.

TOShKENT, 1 sen — Sputnik. Donald Tramp, bordiyu, AQSh prezidenti etib saylansa, nolegal migrantlarni AQShdan quvib chiqarmoqchi. Bu haqda RIA Novosti xabar qilmoqda.

AQSh prezidentligiga nomzod Donald Tramp - Sputnik O‘zbekiston
Donald Tramp O‘zbekistonni terrorchi-davlat deb atadi
Sal oldin siyosatchi AQSh hududini nolegal tarzda kesib o‘tgan muhojirlar o‘z davlatlariga deportatsiya qilinadi, deya va’da bergandi. AQSh qonunchiligini buzgan migrantlar ham mamlakatdan chiqarib yuboriladi, shunda hozirdaqa kabi ularning ta’minotiga qamoqxonalarda milliard dollarlab mablag‘lar sarflanmaydi, deya qo‘shimcha qilgan edi u.

Bu kabi qonunbuzarliklar uchun AQShga qaytib kirish man etiladi, deya ta’kidladi Tramp.

"Men deportatsiya bo‘yicha maxsus guruhni tashkil qilmoqchiman. U Amerikadagi eng xavfli migrantlarni aniqlash hamda ularni mamlakat hududidan haydab chiqarish bilan shug‘ullanadi. Axir bunday jinoyatchilarning ko‘pi, xuddi Xillari Klinton kabi odil sudlovdan qochib yuribdi", — deya bayonot qildi milliarder Arizona shtatida o‘z tarafdorlari bilan o‘tkazilgan uchrashuvida.

"Balki men tashkil qilgan guruh Xillarini ham deportatsiya qilar", — qo‘shimcha qildi siyosatchi.

U shuningdek, immigratsiya va bojxona xizmati xodimlari sonini uch karra ko‘paytirishga va’da berdi. 

Tramp, shuningdek, Iroq va Afg‘oniston fuqarolari o‘ta qattiq tekshiruvdan o‘tishi kerak, deya aytib o‘tgan.

Yangiliklar lentasi
0