Tojikiston rahbari O‘zbekiston bilan munosabatlarni ustuvor deb atadi

Obuna bo‘lish
Dushanbeda Tojikiston prezidenti va O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi

TOShKENT, 29 sen – Sputnik. Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon mamlakatning tashqi siyosatida o‘zbek-tojik munosabatlari ustuvor xarakterga ega ekanligini ta’kidladi, deb xabar beradi Tojikiston rahbarining matbuot xizmati.

Dushanbeda Tojikiston prezidenti va ushbu mamlakatga ishchi tashrifi bilan kelgan O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Rahmon va Kamilov tojik-o‘zbek munosabatlarining istiqbollarini va uni kelgusida kengaytirish yo‘llarini muhokama qildilar. Tomonlar ikki davlatning o‘zaro munosabatlaridagi ijobiy yo‘nalishlarni qayd etdilar hamda muntazam siyosiy maslahatlashuvlar va  suhbatlarni qo‘llab-quvvatlash muhim ekanligini e’tirof etdilar.

Suv ombori - Sputnik O‘zbekiston
Qirg‘iziston Tojikiston bilan suv resurslari borasida kelishuv imzolamoqda

"Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon mamlakatning tashqi siyosatida o‘zbek-tojik munosabatlari ustuvor xarakterga ega ekanligini ta’kidladi", — deyiladi xabarda.

Rahmon va Kamilov, shuningdek, mamlakatlarning madaniy-gumanitar hamkorligini  faollashtirish va davlatlarning savdo-iqtisodiy sherikligini oshirish zarurligini ta’kidladilar. Ular o‘zaro faol hamkorlikni talab etadigan yo‘nalishlar qatorida suv-energetika va transport-logistika sohasini ko‘rsatib o‘tdilar.

Yangiliklar lentasi
0