TOShKENT, 18 noya — Sputnik. Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘on Samarqandda O‘zbekiston prezidenti vazifasini bajaruvchi, bosh vazir Shavkat Mirziyoyev bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Siyosatchilarning prezident qarorgohida yuzma-yuz muloqoti 2 soatu 40 daqiqa davom etdi, deb xabar qilmoqda Anadolu agentligi.
Shundan so‘ng rahbarlar Turkiya va O‘zbekiston delegatsiyalari ishtirokidagi rasmiy tushlikda bo‘lishgan.
Turkiya prezidenti Erdo‘g‘onga safar davomida bosh vazir o‘rinbosarlari Veysi Kaynak va Turgul Turkesh, HK Bosh shtabi rahbari general Xulusi Akar, Tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavushoglu, Iqtisodiyot vaziri Nihat Zeybekchi hamda energetika va tabiiy resurslar vaziri Berat Albayrak hamrohlik qilmoqda.