TOShKENT, 18 noya — Sputnik. Qamchiq dovonida avtomobil yo‘li ko‘rinishi yomonlashgan, deya ogohlantirmoqda O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot-xizmati.
Eslatib o‘tamiz, 19-noyabr kuni O‘zbekistonda havo keskin soviydi. Havo harorati ikki marta pasayadi. Yomg‘ir yog‘ishi va qorga aylanishi ehtimoli bor.
Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabariga ko‘ra, Qamchiq dovoni A-373 avtomobil yo‘lida 19-21 noyabr kunlari kuchli qor yog‘ishi ehtimoli bor. Vaqti-vaqti bilan shamol tezligi soniyasiga 20-25 metrni tashkil etadi. Avtomobil yo‘li 50-100 metr uzoqlikda ko‘rinish darajasi yomonlashgan.