O‘zbekistonda 19-noyabrdan quruq va sovuq havo kuzatiladi

© Sputnik / Vitaliy Belousov / Mediabankka o‘tishYo‘lovchilar
Yo‘lovchilar - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
"O‘zgidromet"ning xabar berishicha, 19-noyabr kuni O‘zbekistonda havo harorati keskin sovib ketadi

TOShKENT, 18 noya — Sputnik. 19-noyabrdan O‘zbekistonda quruq va sovuq havo kuzatiladi, deb xabar qilmoqda kun.uz nashri.

Daraxt shohlaridagi sumalaklar - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda keyingi hafta anomal sovuq harorat kuzatiladi
Ma’lumotlarga ko‘ra, 19-noyabrdan 21-noyabrga qadar mamlakat bo‘ylab yomg‘ir va qor yog‘ishi kutiladi. Shamol tezligi sekundiga 17-22 metrga yetadi.

21 noyabr kuni havo harorati Selsiy bo‘yicha kechasi −2…−7 darajagacha, kunduzi esa −2…+3 gacha tushib ketadi.

Shimoliy hududlarda esa havo darajasi kechasi −13…−18 gacha, kunduzi −3…−8 darajagacha pasayadi.

Quruq va sovuq havo 27-noyabrga qadar davom etishi kutilmoqda.

 

Yangiliklar lentasi
0