TOShKENT, 15 noya — Sputnik. 2016-yilning 17-noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi delegatsiyasi Makka shahrida bo‘lib o‘tadigan Islom hamkorlik tashkiloti Tashqi ishlar vazirlari kengashining navbatdan tashqari sessiyasida ishtirok etadi, deb xabar qilmoqda O‘zbekiston TIV matbuot-xizmati.
Majlisda ko‘p tomonlama hamkorlikning dolzarb masalalari, jumladan IHT yangi Bosh kotibi nomzodini ko‘rib chiqish rejalashtirilgan.
"O‘zbekiston delegatsiyasining Makka shahriga tashrifi doirasida IHT Bosh kotibiyatida hamda boshqa davlatlar delegatsiyalari rahbarlari bilan qator uchrashuvlar o‘tkazish rejalashtirilgan. Mazkur uchrashuvlarda O‘zbekistonning tashkilot TIVKdagi raisligining ustuvor maqsadlarini amalga oshirish jarayoni hamda ikki tomonlama hamkorlikni mustahkamlash istiqbollari muhokama qilinadi", — deyiladi xabar matnida.
Eslatib o‘tamiz, IHT 1969-yilning sentabrida ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy sohalarda Islom birdamligini ta’minlash maqsadida tashkil etilgan. 2011-yilga qadar u Islom anjumani tashkiloti deb atalgan. Bugungi kunda IHTga a’zo mamlakatlar soni 57 taga yetgan. Rossiya 2005-yildan kuzatuvchi maqomiga ega.