TOShKENT, 17 noya — Sputnik. O‘zbekistonda keyingi hafta anomal sovuq harorat kuzatiladi, deb xabar qilmoqda Darakchi nashri.
Xabarda aytilishicha, 19-noyabr shanba kuni O‘zbekistonla havo harorati keskin pasaya boshlaydi. Buning sababi esa Rossiyaning Shimoliy Ural hududidan kirib keladigan sovuq havo oqimi.
21 noyabrga kelib havo harorati tunda 2 —7˚S sovuq, kunduzi esa —2 ˚S … +3 ˚S ushlanib turadi. Mamlakatimizning shimoliy hududlarida sovuq rekord darajani qayd etadi: kechasi termometr ustuni –13 —18˚S, kunduzi 3-8 ˚S sovuq bo‘ladi.
19 noyabr kuni Toshkentda yomg‘ir yog‘adi, 20-21 noyabr kuni yomg‘ir qorga aylanadi. Shamol 17-22 m/c tezlikka kuchayadi.
Bunday noyabr uchun iqlim meyoridan 8-10 daraja past anomal harorat bir hafta davom etadi (chamasi 27-noyabrga qadar).