O‘zbekiston va Tojikiston suv-energetika resurslari masalalarini muhokama qildi

© president.tjRog‘un GESi qurilishi
Rog‘un GESi qurilishi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Uchrashuvda mintaqada suv-energetika resurslaridan oqilona foydalanish masalalari bo‘yicha o‘zbek-tojik munosabatlari yuzasidan fikr almashildi

TOShKENT, 17 noya — Sputnik. O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Tojikiston Energetika va suv resurslari vazirining birinchi o‘rinbosari Sulton Rahimzodani qabul qildi, deb xabar bermoqda O‘zbekiston TIV matbuot xizmati.

Muloqot davomida Markaziy Osiyo mintaqasida suv-energetika resurslaridan oqilona foydalanish masalalari borasida o‘zbek-tojik munosabatlari yuzasidan fikr almashildi.

Emomali Rahmon GES qurilishida - Sputnik O‘zbekiston
Emomali Rahmon Rog‘un GESi qachon ish boshlashini aytdi

Eslatib o‘tamiz, noyabr boshida Tojikiston Vaxsh darosi o‘zanini burish uchun to‘g‘on qurishni boshladi. Rog‘un GESi qurilishi boshlanishi munosabati bilan daryo o‘zanini burishga to‘g‘ri keldi.

Dushanbening fikricha, mazkur GES qurilishi mamlakatdagi elektr muammosini hal qiladi. Biroq Rog‘un GESining qurilishi gidrolog va seysmolog mutaxassislarning xavotiriga sabab bo‘lmoqda.

Yangiliklar lentasi
0