NATO O‘zbekistondagi vakolatxonasini yopadi

© REUTERS / Francois LenoirNATO emblemasi
NATO emblemasi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Toshkentdagi NATOning Markaziy Osiyodagi vakolatxonasi 2014-yilning mayida ochilgan edi

TOShKENT, 17 noya — Sputnik. O‘zbekistondagi filialning yopilishiga 2017-yilgi budjetning qayta ko‘rib chiqilishi sabab bo‘lmoqda, deb xabar berdi NUZ.UZ ofis rahbari Rozariya Puliziga tayanib.

Tashkilotning Toshkentdagi ofisi alyansning mintaqadagi boshqa davlatlar bilan aloqalarini yo‘lga qo‘yish maqsadida ochilgandi.

Varshavadagi NATO sammiti - Sputnik O‘zbekiston
NATO faoliyatini tugatish arafasida – ekspert

Ofis rahbari Rozariya Pulizining aytishicha, Shimoliy Atlantika alyansi Markaziy Osiyoni o‘z faoliyatining ustuvor yo‘nalishi deb hisoblashda davom etadi.
NATOning Toshkentdagi bo‘limi rahbari O‘zbekiston va mintaqadagi boshqa davlatlar bilan hamkorlik davom etishini bildirdi.

"NATOning Markaziy Osiyo va Afg‘onistonda bo‘lishi ilgarigidek muhim ahamiyatga ega. Sheriklik dasturi ruhida tinchlik o‘rnatish uchun Markaziy Osiyodagi har bir hamkorimiz faoliyat va hamkorlikni rivojlantirish borasida o‘z huquqiga ega ", — dedi u.

Toshkentdagi NATOning Markaziy Osiyodagi vakolatxonasi 2014-yilning mayida ochilgan edi.

Yangiliklar lentasi
0