"Adolat" SDP nomzodlarning soxta akkauntlari haqida ogohlantirdi

© Sputnik / Aleksandr Krajev / Mediabankka o‘tishIjtimoiy tarmoqlar
Ijtimoiy tarmoqlar - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Partiya saylovchilarni internetdagi turli soxta akkaunt va sahifalardan ehtiyot bo‘lishga chaqirdi

TOShKENT, 17 noya – Sputnik. "Adolat" SDP O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi jarayonida ayrim shaxslar nomzodlar nomidan soxta akkauntlar ochib, ular nomidan turli nojo‘ya fikrlar bildirishayotgani haqida ogohlantirdi.

Xabarda nomzodlarning rasmiy sahifa va akkauntlari mavjud ekanligi, biroq soxta akkauntlar paydo bo‘layotgani oqibatida foydalanuvchilarda adashmovchiliklar yuzaga kelayotganligi aytiladi.

Narimon Umarov - Sputnik O‘zbekiston
Narimon Umarovning saylovoldi dasturi

"Lekin, yurtimizdagi mazkur jarayonni g‘arazli niyatlarda kuzatib turgan ba’zi insonlar ushbu nomzodlarning ijtimoiy tarmoqlarda soxta akkauntlarini ochib, go‘yo nomzodlar nomidan turli nomaqbul fikrlar, nojo‘ya ma’lumotlarni tarqatishmoqda. Bu o‘z navbatida, nomzodlarning haqiqiy akkaunt va sahifalari qaysi biri ekanligi borasida foydalanuvchilarda shubha va adashmovchiliklarning yuzaga kelishiga sabab bo‘lmoqda.

Bu kabi tushunmovchiliklarning oldini olish maqsadida, o‘z nomzodimizning rasmiy sahifalarini havola qilishni joiz, deb bildik", deyiladi xabarda hamda saylovchilarni internetdagi turli soxta akkaunt va sahifalardan ehtiyot bo‘lishga chaqirilib Prezidentlikka nomzod Narimon Umarovning  https://www.facebook.com/n.m.umarov/, https://twitter.com/umarov_nariman rasmiy sahifalari havola qilinadi.

Yangiliklar lentasi
0