TOShKENT, 14 noya — Sputnik. Qoraqalpog‘istonda keskin sovuq tushishi kutilmoqda. Haftaning ikkinchi yarmida yog‘ingarchilik bo‘lib, yomg‘ir qorga aylanishi mumkin. Shamol tezligi sekundiga 17-22 metrni tashkil qiladi. 17-19 noyabr kunlari havo harorati tunda —2…-7 gradusgacha sovib, kunduzi —2…+3 darajani tashkil qiladi.
Gidrometeorologiya markazi xabariga ko‘ra Buxoro, Navoiy, Samarqand, Jizzax, Toshkent va Farg‘ona vodiysida ob-havo iliqroq bo‘ladi. 16-18 noyabr kunlari tunda +3…+8 va kunduzi +12…+17 daraja bo‘lishi kutilmoqda.
19 noyabr kun havo harorati +5…+10 gradusni tashkil qiladi, havo o‘zgaruvcha bulutli bo‘lib yog‘ingarchilik kutilmoqda. Ayrim hududlarda yomg‘ir qorga aylanishi mumkin. Shamol tezligi sekundiga 17-22 metrni tashkil qiladi.
Surxondaryo va Qashqadaryo viloyatlarida ham shamol kuchayib, yomg‘ir yog‘ishi mumkin. 19noyabr kuni havo harorati tunda 0…-5, kunduzi —2…+3 gradusni tashkil qiladi.