TOShKENT, 17 noya — Sputnik. AQSh prezidentligiga bo‘lib o‘tgan saylovlarda Demokratlar partiyasidan sobiq nomzod Xillari Klinton prezident poygasida Donald Trampga yutqizganidan so‘ng umuman uydan chiqishni xohlamay qolganini tan oldi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.
"Tan olaman… bu yerga kelish men uchun oson bo‘lgani yo‘q. O‘tgan haftada kulchadek bukilib yotib olib, hecham uydan chiqishni xohlamagan paytlarim bo‘ldi", — deya o‘z gapini boshladi AQSh sobiq davlat kotibi.
Eslatib o‘tamiz, AQShda prezidentlik saylovlari 8-noyabr kuni bo‘lib o‘tdi. Ovoz berish jarayoni nihoyasiga yetgach, kechqurun Klinton Trampga sim qoqib, uni g‘alaba bilan tabriklagan va o‘z mag‘lubiyatini tan olgan. Ertasi kuni Klinton o‘z turmush o‘rtog‘i, sobiq prezident Bill Klinton bilan Nyu-Yorkdagi tarafdorlari bilan qisqa uchrashuv o‘tkazgan va saylovlarda g‘olib chiqa olmagani uchun ulardan uzr so‘ragan.