Armaniston prezidenti Ozarbayjon va Turkiya bilan "sani manga" borishni istamayapti

© Foto: predostavleno press-slujboy prezidenta Respubliki ArmeniyaDmitriy Kiselevning Armaniston prezidenti Serj Sargsan bilan intervyusi
Dmitriy Kiselevning Armaniston prezidenti Serj Sargsan bilan intervyusi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Armaniston prezidenti Serj Sargsan RIA Novosti nashriga bergan intervyusida, o‘z mamlakatini kuchli, Ozarbayjon va Turkiya bilan muammolari mavjud bo‘lmagan davlat sifatida ko‘rishni istashini ma’lum qildi

TOShKENT, 17 noya — Sputnik. Armaniston prezidenti mamlakat milliy g‘oyasini oshkor qildi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.

Armaniston rahbari Serj Sargsan RIA Novosti nashriga bergan intervyusida, o‘z mamlakatini kuchli, Ozarbayjon va Turkiya bilan muammolari mavjud bo‘lmagan davlat sifatida ko‘rishni istashini ma’lum qilgan.

Harbiy zenit-raketa kompleksi S-300. - Sputnik O‘zbekiston
Armaniston Rossiya va Belarusning mudofaa tizimiga qo‘shildi
"Milliy g‘oya nimada? U — kuchli davlatga aylanishda. Na Ozarbayjon, na Turkiya bilan muammolarimiz bo‘lishini xohlamayman", — deb ta’kidlagan Sargsan "Rossiya segodnya" xalqaro axborot agentligi Bosh direktori Dmitriy Kiselovga bergan intervyusida.

Sargsanning so‘zlariga ko‘ra, u yevropaliklar Armanistonga kelishlari va mamlakatning rivojlanayotganiga guvoh bo‘lishlarini orzu qiladi.

"Mening yana bir, balki vojib bo‘lmas orzularimdan biri shundaki — men barcha armanlar Armanistonda jam bo‘lishlarini orzu qilaman. Ular juda ko‘pchilikni tashkil qilishadi o‘shanda, tushunyapsizmi? Ular bir joyga to‘planishsa — bitta masala yuzasidan to‘rt xil fikr bildirishlari tabiiy. Ammo, hotirjam bo‘lamiz. Chunki kuch — birlikda", — deb qo‘shib qo‘ygan prezident.

Eslatib o‘tamiz, Turkiya va Armaniston o‘rtasida diplomatik munosabatlar mavjud emas. Ikki davlat o‘rtasidagi chegara 1993-yilda, Anqara tashabbusi bilan yopilgan.

Yangiliklar lentasi
0