TOShKENT, 20 yanv — Sputnik. Armaniston mudofaa vaziri Seyran Oganyan, respublika “Mudofaa tizimlari” Rossiya va Belorussiya davlatlararo moliya-sanoat guruhiga qo‘shilishga tayor ekanligini ma’lum qildi, Sputnik Armeniya xabariga asosan.
“Mudofaa tizimlari” davlatlararo moliya-sanoat guruhi 2000-yil 11-fevralda imzolangan Rossiya va Belorus davlatlararo sharnomasi asosida tashkil qilingan.
18-22 yanvarda Yerevanda bo‘lib o‘tayotgan harbiy-texnik sohada hamkorlik bo‘yicha davlatlararo komissiya majlisida so‘zga chiqarkan Armaniston mudofaa vaziri Oganyan, “Armaniston tomoni hukumat ichida kerak bo‘lgan barcha o‘zaro kelishuvlarni yakunladi va ikkala hujjatni ham imzolashga tayor”, — dedi.
Oganyan, kelajakda harbiy – texnik sohada davlatlararo hamkorlikni rivojlantirish uchun, Armaniston Mudofaa vazirligi kerak bo‘lgan barcha ishlarni amalga oshirishga tayor ekanligini ta’kidladi.
Komissiya ishi doirasida, Rossiya va Armaniston hukumatlari orasida ikki taraflama harbiy-texnik hamkorlik natijasida erishilgan intellektual mulkni birgalikda qo‘riqlash haqida ham kelishib olindi.
“Men komissiya ishini diqqat bilan kuzatib bormoqdaman va uning ijobiy yo‘nalishda ketayotganinni guvohi bo‘lmoqdaman. Ushbu faoliyat bizning dustona mamlakatlarimiz mudofaa qobiliyatini kuchaytirish va regional xavfsizlik va stabillikni ta’minlash uchun xizmat qiladi”, — dedi Oganyan.
Mudofaa vazirining so‘zlariga qaraganda, ushbu komissiya yo‘naltiruvchi organ bo‘lib, Rossiya va Armaniston orasida harbiy – texnik sohada turli darajalarda erishilgan shartnomalarning amalga oshishini ta’minlaydi.
“Mening fikrimcha, biz hamkorlikni rivojlantirishga va milliy xavfsizlikni kuchaytirishga qaratilgan, Rossiya uchun ham, Armaniston uchun ham to‘g‘ri yechim topdik”, — dedi Rossiya harbiy – texnik hamkorlik bo‘yicha Federal xizmati rahbari o‘rinbosari Konstantin Birulin.
Uning so‘zlariga qaraganda tomonlar huquq-normativ bazani chuqur islohot qilishga muvaffaq bo‘lishdi. Bu esa, o‘z navbatida, Rossiya va Armaniston korxonalarini yagona mudofaa-sanoat majmuasiga birlashtirishning keyingi bosqichiga o‘tishga imkoniyat yaratadi.
“Bu bizning davlatlar mudofaa va xavfsizlik qobiliyatini hamda boshqa zarur vazifalarni hal qilishga qodir bo‘lgan, nafaqat kuchli, balki mobil (harakatchan) harbiy kuchlar yaratish, imkonini beradi”, - dedi Birulin.
Rossiya delegatsiyasi prezident ma’muriyati, Mudofaa vazirligi, Tashqi Ishlar vazirligi, Armanistondagi Rossiya elchixonasi va harbiy sanoat vakillaridan tashkil topgan.