TOShKENT, 16 noya — Sputnik. Partiyaning Xorazm viloyat kengashi tomonidan “O‘zXDP viloyat tashkilotlari faoliyatini eng ko‘p targ‘ib qilgan va yoritgan yil jurnalisti” tanlovi o‘tkazildi.
Tanlovni o‘tkazishdan maqsad jurnalistlarning ijodiy mehnatlarini taqdirlashdan iborat edi. Bu haqda O‘zXDP matbuot xizmati xabar berdi.
Mazkur tanlovga taqdim qilingan materiallarni ko‘rib chiqqan hay’at “Iqtisodiyot tayanchi” tarmoq gazetasi xodimi Sergey Hojimatovni birinchi o‘ringa loyiq deb topdi. Ikkinchi o‘ringa “Yangiariq ovozi” gazetasi muharriri Jumanazar Yusupov, uchinchi o‘ringa esa “Hazoraspnoma” gazetasi muharriri Jamila Usmonova sazovor bo‘ldi.
Partiya hayotini internetda ko‘p yoritgani uchun O‘zA axborot agentligi muxbiri Ahmad Shokirov, radio va televidenie bo‘yicha Xorazm teleradiokompaniyasi xodimi Vasila Sabirovalar ham g‘olib deb topildilar.
Yilning o‘tgan davrida viloyatdagi shahar va tuman, shuningdek tarmoq gazetalarida partiya faoliyati, deputatlar ish tajribalari haqida yuzdan ortiq maqolalar chop etildi.