Sharq Ziyokorining O‘zbekiston ahliga murojaati

© Facebook"SHARQ Ziyokori" logotipi tushirilgan avtomobillar, Toshkent shahri
SHARQ Ziyokori logotipi tushirilgan avtomobillar, Toshkent shahri - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Bugun ko‘pchilikda tahlil etish qobiliyati kam. Natijada, ommaviy axborot vositalari yoki ijtimoiy tarmoqlarda kim nima desa, laqqa tushish holatlari ko‘paygan. Bunga ham aynan kitoblar mutolaasi kamayib ketgani sababdir

TOShKENT, 16 noya — Sputnik. Sharq Ziyokori Kitoblar markazi O‘zbekistonda kitob o‘qish darajasi necha foizni tashkil etishi haqida ma’lum qildi.

"Aholi o‘rtasida televizor ko‘rish darajasi 94 %ni, kitob o‘qish darajasi bor-yo‘g‘i 4,5 %ni tashkil etarkan. Bu achinarli holdir, deyiladi xabarda. — Vaholanki, o‘qish bilim olishning eng muhim vositalaridan biri hisoblanadi. Chunki u inson ongi va tafakkurini o‘tkirlaydi.

Kitoblar - Sputnik O‘zbekiston
Jurnalist nigohi: adabiyot o‘gaylanib qoldimi?
Kitobni tanlashga jiddiy e’tibor berish, duch kelganini emas, saralab o‘qish kerak. O‘qigan kitobimiz fikrlashimizni, dunyoqarashimizni ijobiy tomonga o‘zgartirishi, muammolarimizga yechim topishi, xayotimizni to‘g‘ri o‘zanga solishi lozim. Biz esa… tan olaylik, ko‘pchiligimiz oxirgi marta qachon bitta kitobni boshdan-oyoq o‘qib tugutganimiz esimizdan ham chiqib ketgan!

Bugun ko‘pchilikda tahlil etish qobiliyati kam. Natijada, ommaviy axborot vositalari yoki ijtimoiy tarmoqlarda kim nima desa, laqqa tushish holatlari ko‘paygan. Bunga ham aynan kitoblar mutolaasi kamayib ketgani sababdir.

Unutmaylik, o‘qish maktabni tamomlash bilan tugab qolmaydi, u butun umr davom etishi kerak bo‘lgan amaldir!"

Yangiliklar lentasi
0