Rossiyaliklar 2018-yildan keyin ham Putin prezident bo‘lishini xohlashmoqda

© Sputnik / Valeriy Melnikov / Mediabankka o‘tishNemis jurnalisti Xubert Zaypelning "Putin: hokimiyat mantig‘i" kitobi
Nemis jurnalisti Xubert Zaypelning Putin: hokimiyat mantig‘i kitobi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
"Levada sentr" tomonidan o‘tkazilgan so‘rovnoma natijalariga ko‘ra Rossiyaning 63% aholisi 2018-yildan keyin ham Vladimir Putinni Rossiya rahbari sifatida ko‘rishni xohlaydi

TOShKENT, 16 noya — Sputnik. Rossiyaliklarning uchdan ikki qismi (63%i) 2018-yildan keyin ham Vladimir Putinni Rossiya prezidenti lavozimida ko‘rishni istashmoqda. So‘rovnomada ishtirok etganlarning 26%gina bu vaqtga kelib Putinning o‘rnini bosa oladigan yangi rahbar hokimiyat tepasiga kelishiga ishonch bildirganlar, deb xabar qilmoqda RIA Novosti nashri.

Nashrda keltirilgan ma’lumotlarga ko‘ra, rossiyaliklarning 18%i 2018-yildan keyin Putinni prezident sifatida ko‘rishni xohlamasliklarini bildirganlar. Putinning o‘rinbosari paydo bo‘lishi ehtimoli haqidagi savolga esa respondentlarning 49%i "bunday bo‘lishi mumkin emas, yo‘q" deya javob qaytargan.

RF prezidenti  V. Putin - Sputnik O‘zbekiston
Putin 50 nafar eng ta’sir ko‘rsatuvchi insonlar ro‘yxatiga kirdi
"2012 yilning oktabr oyida o‘tkazilgan so‘rovnomada rossiyaliklarning 32%gina Putinning prezidentlik muddatini uzaytirish uchun ovoz berganlar, respondentlarning teng yarmi esa (49%i) esa Rossiyada amaldagi rahbarning o‘rnini bosadigan yetakchi paydo bo‘lishiga ishonch bildirishgan.

"Faqatgina Qrimning qo‘shib olinishigina, hokimiyat, Rossiya buyuk derjava sifatida o‘z mavqeyini qayta tiklayotganini ko‘rsatib berdi. Va shunday millatparvarlik tufayli holat tubdan o‘zgardi. Hokimiyat partiyasi reytingi tushib ketgan bo‘lsada, prezidentlik reytingi o‘z mavqeyini saqlab turibdi, 63% rossiyaliklarning Putinni prezidentlik lavozimida qoldirish haqidagi istagi ham shundan", — deya o‘z fikr-mulohazalarini bilririb o‘tgan "Levada-sentr" jamiyatshunosi Denis Volkov.

Yangiliklar lentasi
0