TOShKENT, 22 sen — Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin Blumberg agentligining dunyoning eng ta’sir ko‘rsatuvchi 50 kishisi ro‘yxatida 30-o‘rindan joy oldi, deb xabar beradi RIA Novosti.
Reytingning birinchi satridan Buyuk Britaniya bosh vaziri Tereza Mey joy oldi. Keyingi o‘rinlarni AQSh prezidentligiga nomzodlar Donald Tramp va Xillari Klinton, to‘rtinchi o‘rinni XXR raisi Si Szinpin egalladi. Reytingning yuqori beshligini Amazon.com internet kompaniyasi rahbari va Blue Origin aerokosmik kompaniyasi egasi Jeff Bezos yakunlab beradi.
Agentlikning ma’lumotiga qaraganda, Putin sanksiyalar qo‘llanilishi yoki yoqilg‘ining jahon narxi sababli paydo bo‘ladigan oqibatlardan qattiq tashvishda emas. U ilgari agentlikka bergan intervyusida Rossiya yetarlicha miqdordagi oltin va valyuta zaxiralariga ega ekanligini ta’kidlagandi.
Agentlikning e’tirof etishicha, butun dunyo Rossiya prezidentining kelgusi qadami qanday bo‘lishini kutmoqda. Bundan tashqari, dunyo uning harakatlari jahondagi moliyaviy va iqtisodiy vaziyatga qanday ta’sir ko‘rsatishi mumkinligidan xavotirda.