TOShKENT, 29 fev — Sputnik. Quruvchilar “Qamchiq” dovoni orqali o‘tgana temir yo‘l tunnelinining asosiy kovlash ishlari yakunlashdi, hozirgi vaqtda temir yo‘l yotqizish va pardozlash ishlari ketmoqda, deb xabar bermoqda “O‘zbekiston Temir yo‘llari” o‘zining rasmiy saytida.
Angen-Pop elektrlashtirilgan temir yo‘l qurilishi doirasida Qamchiq dovoni ostidan o‘tgan, uzunligi 19 km bo‘lgan tunnel kovlash ishlari yakunlandi. Tunnel qzish ikki tomondan boshlanib bir biriga ulanish bilan yakunlandi.
Yaqin kunlar ichida tunelda temir yo‘l relslari va boshqa kommunikatsiyalar yotqizish boshlanadi. Qurilish “O‘zbekiston Temir yo‘llari” AJ va Xitoyning China Railway Tunnel Group kompaniyalari tomonidan amalga oshirilmoqda.
Umumiy uzunligi 123 km bo‘lgan Angren — Pop temir yo‘lning asosiy qismi – 104 km 2015-yil avgustida yakunlangan edi.