Xalqaro meva sabzavot yarmarkasida 1 mlrd $ lik shartnomalar imzolandi

© Sputnik / Aleksandr Kondratuk / Mediabankka o‘tishMeva sabzavotlar savdosi
Meva sabzavotlar savdosi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Toshkentda bo‘lib o‘tgan birinchi Xalqaro meva sabzavot yarmarkasida 33 xorijiy mamlakat vakillari ishtirok etib, ular bilan umumiy qiymati 1, 009 mlrd dollar bo‘lgan 355ta shartnoma imzolandi.

TOShKENT, 15 noya – Sputnik. Bugun Toshkentda 1-Xalqaro meva sabzavot yarmarkasi yakunlandi, deb xabar qilmoqda “O‘zagroeksport” matbuot xizmati.  

Yarmarka doirasida, rossiyaning “X5 Riteyl grupp”, “Sibirskiy Alyans”, “Magnit”, “Perekrestok”, “Nevskiy Konditer”, “Agrolayn” va “Global Treyd”, Hindistonning “Eko Grin”, Qozog‘iston Respublikasining “Meva Grupp” va yana bir necha xorijiy kompaniyalar bilan meva-sabzavot mahsulotlari eksport qilish istiqbollari, mavjud muammolarni hal etish, shuningdek savdo uylarini tashkil etish yuzasidan muzokaralar olib borildi.

Xalqaro Meva-sabzavot yarmarkasi - Sputnik O‘zbekiston
Toshkentda I Xalqaro Meva-sabzavot yarmarkasi bo‘lib o‘tmoqda

Yarmarkada ishtirok etgan o‘zbekistonlik agro korxonalar o‘zlarining mahsulotlarini eksport qilish va ularni joyiga qadar yetkazib berish bo‘yicha 355ta shartnomalar imzolandi. Ularning umumiy qiymati 1,009 milliard dollarni tashkil qildi. Yetkizib berish kerak bo‘lgan mahsulot umumiy hajmi 1421 ming tonnani tashkil qildi. Barcha shartnomalar yarmarkada belgilangan tartibda ro‘yxatga olindi.

O‘zbekistonda birinchi Xalqaro Meva sabzavot yarmarkasi o‘tkazilishi mamlakatda yetishtirilgan mahsulotni eksport qilish geografiyasini yanada kengaytirish imkonini berdi. Xususan, Yevropa mamlakatlari Germaniya, Shotlandiya, Shveysariya, Buyuk Britaniya, Ukraina, Belorusiya, Litva, Ozarbayjon, Rossiya, Janubiy-Sharqiy Osiyodan Xitoy, Koreya, Yaponiya, Yaqin Sharq mamlakatlari Iroq, BAA, Turkiya davlatlariga mahsulot eksport qilish bo‘yicha to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar tuzildi.

Imzolangan shartnomalarning 25 % — meva, 17 % — uzum, 32 % — sabzavotlar, 13 % — quritilgan va qayta ishlangan mahsulotlar, 13 % — dukkakli mahsulotlar va 1 % — poliz mahsulotlari tashkil qildi.

Xorijiy xaridorlar tomonidan bildirilgan qiziqish va talablardan kelib chiqib, kelgusida meva-sabzavot, uzum va poliz mahsulotlarini joylashtirishni (takroriy va to‘qsonbosti ekinlarni hisobga olgan holda) aniqlashtirilishiga zamin yaratdi.

Yarmarka doirasida O‘zbekistonning meva-sabzavot mahsulotlarini eksport qiluvchilar va iste’molchilar o‘rtasida “davra suhbatlari”, ikki tomonlama muzokaralar tashkil etilib, xorijlik mehmonlar ishtirokida meva-sabzavot mahsulotlarini qayta ishlovchi korxonalarga va sovutish komplekslariga sayohatlar tashkil etildi.

O‘zbekiston meva-sabzavot yetkazishning yangi tizimini yaratadi

Jumladan Toshkent viloyatining Yuqorichirchiq tumanida joylashgan “Marwin Brands” va “Asia Gem” hamda Toshkent shahrida barpo etilgan “Gold Dried Fruits” korxonalariga tashrif buyurilib, u yerdagi quritish, muzlatish, saqlash, qadoqlash jarayonlari va qayta ishlangan tayyor mahsulotlotlar mehmonlarga namoyish etildi. Ushbu korxonalar yevropaning eng so‘nggi meva va sabzavotlarni qayta ishlovchi asbob uskunalari bilan jihozlangan.

3 kun davomida yarmarkani tomosha qilishga kelganlar soni esa, 7000 kishidan oshib ketdi. Tadbir mahalliy OAVlar va Rossiyaning “Rossiya 24”, “NTV” telekanali orqali yoritildi.

Yangiliklar lentasi
0