TOShKENT, 8 noya — Sputnik. Bugun O‘zekspomarkaz ko‘rgazmalar majmuasida I Xalqaro Meva-sabzavot yarmakasi o‘z ishini boshladi, deb xabar qilmoqda “Jahon” axborot agentligi.
O‘zbekiston oziq-ovqat sanoatining yetakchi tashkilotlari “O‘zbekoziqovqatxolding”, “O‘zagroeksport”, “O‘zvinosanoat-Xolding”, “O‘zbekoziqovqatzahira” tomonidan tashkil qilingan xalqaro yarmarka 10-noyabrga qadar davom etadi.
Xalqaro tadbirda 31 mamlakat delegatsiyalari, diplomatik xizmatlar rahbariyati, Jahon banki, Osiyo taraqqiyot banki, Islom taraqqiyot banki, BMT qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat tashkiloti vakillari qatnashmoqda.
Ko‘rgazma doirasida sohaning muhim masalalariga bag‘ishlangan forumlar va davra suhbatlari ham o‘tkazish rejalashtirilgan. Shuningdek ko‘rgazmada dunyoning yetakchi korxonalari bilan hamkorlikda O‘zbekistonda ishlab chiqarilayotgan qishloq xo‘jalik texnikalari haqidaham so‘z yuritildi.
Ushbu xalqaro yarmarka an’anaviy mavqega ega bo‘lib, u har yili kuzda o‘tkaziladi. Yarmarkada Rossiya, Qozog‘iston, Koreya, Xitoy, Yaponiya, Turkiya va Yevropa mamlakatlari bilan umumiy hajmi 2,5 million tannadan ortiq mahsulot yetkizib berishga shartnoma imzolandi.