O‘zbekiston IIV saylov arafasida xavfsizlik choralarini kuchaytirmoqda

© StringerMilitsiya avtomobili
Militsiya avtomobili - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Saylov okruglari va uchastkalarida xavfsizlikni ta’minlash maqsadida ichki ishlar xodimlari, avtotransport, aloqa va boshqa texnik vositalar yetarlicha miqdorda ajratildi

TOShKENT, 14 noya — Sputnik. O‘zbekiston ichki ishlar vazirligi Prezidentlik saylovi arafasida xavfsizlik choralarini kuchaytirmoqda, deb ma’lum qildi IIV Inson huquqlarini himoya qilish va yuridik ta’minlash boshqarmasi boshlig‘i Ilhom Turg‘unov jurnalistlarga. Bu haqda RIA Novosti xabar qilmoqda.

Saylov qutisi - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda prezidentlik sayloviga 14ta saylov okruglari tashkil qilindi

"Saylov okruglari va uchastkalarida xavfsizlikni ta’minlash maqsadida ichki ishlar xodimlari, avtotransport, aloqa va boshqa texnik vositalar yetarlicha miqdorda ajratildi. Saylov uchastkalariga yong‘in haqida avtomatik ogohlantiruvchi tizimlar o‘rnatildi", — dedi Turg‘unov.

U O‘zbekiston MSK saylov varaqalari va bulletenlarini hamda ovoz berish natijalari haqidagi bayonnomalarni tashishda xavfsizlikni ta’minlashni IIV zimmasiga yuklaganini aytib o‘tdi.

"Mazkur hujjat asosida IIV va uning mahalliy bo‘linmalari tomonidan saylov vaqtida jamoat tartibini saqlash, fuqarolar xavfsizligini ta’minlash, turli noxush holatlarning oldini olish borasida tegishli ishlar olib borilmoqda", — deya qo‘shib qo‘ydi Turg‘unov.

Prezidentlik saylovlari 4-dekabrda bo‘lib o‘tadi. MSK ma’lumotiga ko‘ra, O‘zbekiston Prezidentligiga saylovlar o‘tkazish uchun mamlakatda 9378 ta saylov uchastkasi tuzildi, ularda 21,435 million nafar saylovchi ovoz beradi. O‘zbekistonda rasman faoliyat ko‘rsatuvchi to‘rt partiyaning barchasi saylovlarda ishtirok etish uchun ko‘rsatgan nomzodlar ro‘yxatga olindi.

Ikkinchi sentabr kuni O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimov insult oqibatida vafot etdi. Prezidentlik vazifasini vaqtincha bajarish Bosh vazir Shavkat Mirziyoyevga yuklatildi.

Yangiliklar lentasi
0