Rossiyadagi hangomalar: o‘zbek migrantlari ish beruvchilardan million rubl undirib olishdi

© Sputnik / Pavel Lisisin / Mediabankka o‘tishQuruvchilar
Quruvchilar - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Huquqni muhofaza qilish organiga murojaat qilgan vaqtda, migrantlarning, hatto, yegulik xarid qilishga puli bo‘lmagan

TOShKENT, 15 noya — Sputnik. O‘zbekiston va tojikistonlik mehnat migrantlari "Grajdanskoe sodeystvie" deb atalguvchi qo‘mita yordamida "Invest stroy" quruvchilik kompaniyasidan bir milliondan ziyod mablag‘ni, ya’ni o‘z vaqtida to‘lanmagan maoshni undirib olishga muvaffaq bo‘ldilar, deb xabar qilmoqda "Grajdanskoe sodeystvie" qo‘mitasi rasmiy saytida.

Moskvadagi migratsiya markazi - Sputnik O‘zbekiston
Moskvadagi mehnat migrantlari shaxsiy kabinetlariga ega bo‘ladi
Ta’kilanishicha, Moskva shahrining "Frunzenskaya" metrosi yonida joylashgan "Sadovie kvartali" turar-joy majmuasi qurilishida mehnat qilayotgan bir guruh o‘zbek va tojik mehnat migrantlari iyun oyida "Grajdanskoe sodeystvie" qo‘mitasiga yordam so‘rab murojaat qilishgan.

To‘qqiz nafar migrantlarning barchasi "Invest stroy" qurilish kompaniyasida rasman, ya’ni mehnat shartnomasi asosida, ishlashgan. Maosh bilan bog‘liq muammolar esa 2015-yilning oktabridan boshlab yuzaga kela boshlagan: avvaliga oylikning bir qismigina to‘lab borilgan bo‘lsa, 2016-yilning yanvar oyidan boshlab, maosh to‘lanishi butkul to‘xtatilgan.

O‘z maoshini talab qilgan migrantlarga firma "moliyaviy muammolarni" ro‘kach qilgan. Obyekt Bosh pudratchisi bilan bog‘langan brigada esa, "Invest stroy" hisobiga pullar o‘z vaqtida o‘tkazib turilishi haqida bilib oladi.

Shundan so‘ng, migrantlar "Grajdanskoe sodeystvie" qo‘mitasiga murojaat qilganlar. "Biz bilan bog‘langan vaqtda migrantlarning hatto, ovqat xarid qilishga pullari yo‘q edi. Qo‘mita ularga moliyaviy yordam ko‘rsatdi. "Migratsiya va huquq" tarmog‘i advokati Illarion Vasilyev migrantlar huquqini himoya qilishga jalb etildi", deyiladi xabarda.

2016 yilning 28-iyulida Simonov tuman sudida ariza beruvchilarning ishi ko‘rib chiqilgan va sudya qaroriga binoan "Invest stroy" firmasi ishchilarga kechiktirilgan maoshlaridan tashqari, ma’naviy zarar uchun ham to‘lovni to‘liq qoplaydigan bo‘lgan.

"Ishchilarga to‘lanadigan to‘lovning umumiy qiymati 1,024 million rublni tashkil qiladi", deyilgan xabarda.

Nima ham derdik, migrantlarning Rossiyada mana shunday ishni "yutib" olishgani katta omad, albatta. Ammo chet elga ishlash uchun otlanayotgan muhojirlarning har biri ishga kirayotganida ish beruvchi bilan mehnat shartnomasini tuzish kerakligini bilib olishlari ham shart, ham zarur.

Aks holda, qilgan mehnatingiz uchun haqni ololmasdan, och-yupun qolishingiz shubhasiz.

Yangiliklar lentasi
0