TOShKENT, 15 noya — Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin Donald Tramp bilan ikkiyoqlama munosabatlarni normallashtirish istiqbollarini muhokama qildi, deb xabar qilmoqda rasmiy Kreml matbuot-xizmati.
"Vladimir Vladimirovich Putin va Donald Tramp suhbat chog‘ida Rossiya va Amerika munosabatlaridagi bugungi qoniqarsiz holatni qoniqarsiz deb baholadilar va keng ko‘lamli masalalar yuzasidan konstruktiv hamkorilikni yo‘lga qo‘yish va o‘zaro munosabatlarni normallashtirish haqida fikrlashdilar", — deyiladi xabar matnida.
Bundan tashqari, Putin va Tramp ikki davlat o‘rtasida savdo-iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish zarurati haqida ta’kidlaganlar.
Suhbat chog‘ida, ikki yetakchi Rossiya va AQSh o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatilganiga 2017-yilda 210-yil to‘lishini va "shu munosabat bilan Rossiya va AQSh ikki davlat manfaatlariga xizmat qiladigan pragmatik va o‘zaromanfaatli va hamkorlikka qaytishi lozimligi" haqida qayd etganlar.