IHT bosh kotibi noo‘rin hazil tufayli iste’foga chiqdi

© Sputnik / Ruslan Krivobok / Mediabankka o‘tishIyad bin Amin MADANI
Iyad bin Amin MADANI - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ekspertlar fikriga ko‘ra, Iyad Madani iste’foga chiqish sababi, Misr prezidenti nomiga yo‘llagan hazili bo‘lishi mumkin, chunki ushbu hazil bir necha arab mamlakatlarida salbiy ma’noda qabul qilngan edi.

TOShKENT, 1 noya — Sputnik. Islom Hamkorligi tashkiloti bosh kotibi Iyad Madani iste’foga chiqdi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti Sky News Arabia telekanali xabariga asosan.

Biroz oldin Misr prezidenti as-Sisi Sharm-esh-Sheyxda yosh tadbirkorlar oldida nutq so‘zlar ekan, 10-yil davomida uning sovutgichida suvdan boshqa hech narsa bo‘lmaganini aytib, ularni chetdan yordam kutmasdan o‘z kuchlariga ishonishga da’vat qilgan edi.

O‘z navbatida IHT bosh kotibi Madani Tunisda matbuot anjumanida Tunis prezidenti as-Sebsini yanglishib as-Sisi dedi, keyin ushbu xato uchun undan uzr so‘radi.

Keyinroq esa Iyad Madani Tunis prezidentiga qarab “Ishonchim komilki, sizning sovutgichingizda suvdan boshqa narsalar ham bor, janob prezident”, — deb hazil qilgan edi.

Keyinroq Madani Misr rahbariyatini haqorat qilmoqchi bo‘lmaganini, va uning so‘zlari hazil edi deyishiga qaramasdan bir necha musulmon mamlakatlarida ushbu hazil salbiy ma’noda qabul qilindi.

Saudiya Arabistoni esa IHTga yangi kotib o‘rniga yangi nomzodini — Ijtimoiy ishlar vaziri Yusuf Ben Axmeda al-Usaymin taklif qildi. Xabarlarga ko‘ra Misr TIV yangi nomzoodni allaqachon ma’qullagan.  

Yangiliklar lentasi
0