Android One - O‘zbekistonda to‘liq ishlab chiqariladi

© Collage SputnikSmartfon Android One
Smartfon Android One - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Bir yil oldin O‘zbekiston bozorida o‘z o‘rnini topgan Google smartfonlari savdosi yanada oshishi kutilmoqda.

TOShKENT, 15 noya — Sputnik. O‘zbekistonda 2017-yilda Googlening Android One telefonlari ishlab chiqarish to‘liq  lokalizatsiya qilinishi rejalashtirilmoqda. Bu haqida "O‘zeltexsanoat" vakili Sputnik muxbiriga so‘zlab berdi.

Aslida, bugungi kunda ushbu telefonlar Navoiy viloyatida joylashgan Great Global Line korxonasida Artel markasi ostida ishlab chiqarilmoqda.

"Qulay va funksional va muhimi narxi uncha qimmat bo‘lmagan Google telefonlari O‘zbekiston bozorida darhol o‘z joyini topdi. Mutassislar aytishiga ko‘ra, O‘zbekiston ichki bozori ancha katta potensialga ega. Shuning uchun ushbu telefonlar savdosi faqat oshadi. Yana bir muhim omil — bu ishlab chiqarish to‘liq lokalizatsiya qilinganidan keyin mahsulot narxi arzonlashishi kerak.Bu esa — yanada ko‘proq xaridorlarni jalb qilish imkonini beradi", — deydi mutaxassis.

Smartfon Android One - Sputnik O‘zbekiston
Android One smartfonlari O‘zbekistonda juda yaxshi sotilmoqda

O‘zbekistonda Android One telefonlarini ishlab chiqarish haqidagi shartnoma 2015-yilning avgust oyida General Mobile va Great Global Line korxonalari (o‘hsha vaqtda Perfect 1 va Sentinel X)  orasida imzolangan edi. Google Android One  loyihasi top menedjerlaridan biri bo‘lgan Fiona Li O‘zbekiston smartfonlarni ishlab chiqarish uchun bejizga tanlanmaganini, bu yerda ishlab chiqarish bazasi va xaridorlar bozori mavjudligini hamda jug‘rofiy joylashishi telefonlarni qo‘shni mamlakatlarga eksport qilish imkonini berayotganini ta’kidlagan edi.

Google ushbu telefon ichiga "aqlli messenjer" hisoblanadigan Allo dasturini o‘rnatdi. Smartfon protsessori — Qualcomm Snapdragon 410, videokarta — Adreno 306, operativ xotira 2 Gbayt va ichki xotira 16 Gbayt.

Samartfon shuningdek 5 duymli ekran, 13 Megapikselli asosiy kamera va 5 megapikselli old kamer bilan jihozlangan.

Eslatib o‘tamiz 2020-yilga qadar O‘zbekiston telefonlar ishlab chiqarishni 2,6 baravar oshirishga qaror qilgan.

Yangiliklar lentasi
0