TOShKENT, 31 okt — Sputnik. O‘zbekistonda, bir oydan kam vaqt ichida, o‘n mingga yaqin Android One smartfonlari sotildi, Artel kompaniyasi vakili xabariga ko‘ra.
Suhbatdoshning so‘zlariga qaraganda,O‘zbekiston uchun bu juda yaxshi ko‘rsatkich.Smartfonnig yangi modeli O‘zbekistonning Artel kompaniyasi va Google Inc. hamkorlikda ishlab chiqarilgan.
“Amerikalik hamkorlarimizning O‘zbekiston bozoriga chiqish rejasi o‘zini oqladi, ular natijadan mamnun bo‘ldilar. O‘zbekiston bozori juda katta imkoniyatlarga ega, kelajakda yangi smartfon savdosi faqat o‘sib borishi kerak”, — dedi kompaniya vakili.
Google kompaniyasi vakillari 2015-yilning fevralida Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston, Pokiston, Eron va O‘zbekistonga tashrif buyurib ushbu mamlakatlar bozorlarini o‘rganib chiqishdi. Iyul oyidan boshlab Google O‘zbekiston bilan hamkorlik qilishni boshladi.
Android One smartfoni Google injenerlari tomonidan ishlab chiqilgan bo‘lib, eng zamonaviy texnologiyalarni o‘zida mujassamlashtirgan. Xususan, zamonaviy Qualcomm Snapdragon 410 nomli to‘rt yadroli 64-bitli protsessor, Adreno 306 video protsessorlari bilan jihozlangan. Operativ xotira hajmi 2 Gb, o‘rnatilgan flesh-xotira hajmi 16 Gbni tashkil qiladi. Asosiy fotokamera 13 Mega piksel, oldi fotokamera 5 Mpiksel. Ekran — 5 dumli, 1280 x 720 nuqtaga ega bo‘lib Gorilla Glass 4 bilan himoyalangan. Axborot uzatish tezligi esa LTE darajasida.