TOShKENT, 15 noya — Sputnik. Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘on ushbu haftada O‘zbekiston va Pokistonga safar uyushtiradi, deb xabar tarqatmoqda Sputnik Tojikiston.
Xabarda ta’kidlanishicha, 16-noyabr kuni Turkiya prezidenti Pokistonga tashrif buyuradi, va ikki kunlik safari davomida mamlakat prezidenti Mamnun Husayn hamda Bosh vazir Navoz Sharif bilan uchrashadi. Erdo‘g‘on, shuningdek, Islomobodda mamlakat parlamenti va senati oldida chiqish qiladi. shundan so‘ng, Turkiya prezidenti Laxorga yo‘l olib, u yerda Navoz Sharif bilan birgalikda ikki mamlakat ishbilarmon doiralari bilan o‘tkaziladigan uchrashuvda ishtirok etadi.
So‘ngra, Erdo‘g‘on O‘zbekistonga yo‘l olib, 17-18 noyabr kunlari Samarqandda Shavkat Mirziyoyev bilan uchrashuv o‘tkazishi ma’lum qilinmoqda.