Toyib Erdo‘g‘on Tatyana Karimovaga ta’ziyanoma yo‘lladi

© Sputnik / Sergey Guneyev / Mediabankka o‘tishPrezident RF V.Putin prinimayet uchastie v sammite G20 v Tursii
Prezident RF V.Putin prinimayet uchastie v sammite G20 v Tursii - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Turkiya rahbariyati O‘zbekiston rahbariyati, xalqi va Islom Karimov oilasiga ta’ziya bildirdi.

TOShKENT, 5 sen – Sputnik. Turkiya Respublikasi Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘on, O‘zbekiston Prezidenti Islom Karimov vafoti munosobati bilan, Tatana Karimova nomiga ta’ziyanoma yubordi.

“O‘zbekiston Prezidenti Karimov janobi oliylarining vafot etganlari meni chuqur qayg‘uga soldi.  Siz xonim oliyalariga, oilangizning jami a’zolariga va o‘zbek xalqiga o‘z nomim va xalqim nomidan chuqur ta’ziya izhor qilaman.

Butun hayotini o‘zbek xalqining va davlatining boqiyligiga va taraqqiyotiga atagan janob Karimov namunaviy boshqaruvchilik sifatlari orqali so‘nggi chorak asrda O‘zbekistonni o‘z mintaqasi va dunyoda muhim davlat maqomiga keltirib, dono rahnamoligida davlatga tinchlik, farovonlik va barqarorlik taqdim etdi.

Fursatdan foydalanib yana bir bora chuqur ta’ziya izhor qilib, marhum qardoshim janob Karimovga buyuk Ollohdan rahmat, orqasida qolgan siz suyukli do‘stlarimizga esa sabr tilab qolaman.

Rejep Tayyip Erdo‘g‘an
Turkiya Prezidenti”,
  — deyilgan ta’ziyanoma matnida. 

Bundan tashqari Turkiya Respublikasi Bosh vaziri Binoli Yildirim, Turkiya Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavushog‘lu va Turkiya Respublikasi Buyuk Millat Majlisi sobiq raisi va sobiq Tashqi ishlar vaziri Xikmat Chetin O‘zbekiston Respublikasining Birichi Prezidenti Islom Karimovning vafoti munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati raisi Nig‘matilla Yo‘ldoshev, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Shavkat Mirziyoyev, O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov nomiga ta’ziyanomalar yuborib, O‘zbekiston rahbariyati va xalqiga chuqur hamdardlik bildirishdi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimovni dafn etish marosimlarida Turkiya Respublikasi Bosh vazir o‘rinbosari Yildirim Tug‘rul Turkesh boshchiligidagi delegatsiya ishtirok etdi. Delegatsiya a’zolari orasida Turkiya Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Ikki tomonlama siyosiy aloqalar departamenti direktori Shefik Vural Altay va Turkiyaning O‘zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Namik Guner Erpul ham bor edi.

Yangiliklar lentasi
0