O‘zbekiston “Koreya Respublikasi- Markaziy Osiyo” forumida ishtirok etadi

© Sputnik / Aleksandr Krajev / Mediabankka o‘tishJanubiy Koreya
Janubiy Koreya - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Mazkur forum iqtisodiyot, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, qurilish va transport, fan, madaniyat, ta’lim, turizm sohalari hamda Koreya Respublikasi va Markaziy Osiyo davlatlari o‘rtasida tajriba almashishga yo‘naltirilgan

TOShKENT, 14 noya — Sputnik. O‘zbekiston Respublikasi delegatsiyasi 15–16 noyabr kunlari Seulda tashqi ishlar vazirlari o‘rinbosarlari darajasida bo‘lib o‘tadigan hamkorlik bo‘yicha “Koreya Respublikasi–Markaziy Osiyo” 10-forumida ishtirok etadi, deb ma’lum qildi O‘zbekiston TIV matbuot xizmati.

Janubiy Koreya respublikasi milliy bayrog‘i - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston Janubiy Koreya bilan hamkorlikni muhokama qildi

Yubiley uchrashuvda ko‘p tomonlama hamkorlikning dolzarb masalalari, jumladan, mavzularga oid sessiyalarda “elektron hukumat” va qishloq xo‘jaligi sohalaridagi hamkorlikning istiqbollarini muhokama qilish rejalashtirilgan, deyiladi xabarda.

Mazkur forum iqtisodiyot, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, qurilish va transport, fan, madaniyat, ta’lim, turizm sohalari hamda Koreya Respublikasi va Markaziy Osiyo davlatlari o‘rtasida tajriba almashishga yo‘naltirilgan. Forum 2007-yildan buyon har yili o‘tkaziladi.

Yangiliklar lentasi
0