O‘zbekistonda prezidentlik sayloviga 14ta saylov okruglari tashkil qilindi

© Sputnik / Yuriy Somov / Mediabankka o‘tishSaylov qutisi
Saylov qutisi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonda prezident saylovlari uchun nomzodlarni ilgari surish 30-sentabrdan boshlanadi va 20-oktabrda yakunlanadi.

TOShKENT, 15 sen — Sputnik. 15-sentabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi(MSK)ning majlisi bo‘lib o‘tdi. Uni Komissiya raisi M. Abdusalomov olib bordi. O‘zbekiston Markaziy saylov komissiyasi prezidentlik saylovlari uchun 14ta saylov okruglari tashkil etilganini tasdiqladi, deb xabar qilmoqda MSK matbuot-xizmati.

O‘zbekistonda prezident saylovi - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda prezidentlikka nomzodlarni ko‘rsatish 30-sentabrdan boshlanadi
Majlisda O‘zbekiston Respublikasi prezidenti sayloviga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bo‘yicha asosiy tadbirlar dasturi asosida puxta hozirlik ko‘rilayotgani ta’kidlandi.

"O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to‘g‘risida"gi Qonunning 9 va 14-moddalariga muvofiq O‘zbekiston respublikasi prezidenti saylovini o‘tkazuvchi saylov okruglari tuzish to‘g‘risida qaror qabul qilindi. O‘zbekiston respublikasi prezidenti saylovini o‘tkazuvchi saylov okruglari Qoraqalpog‘iston respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri chegaralari doirasida tuzildi.

Saylov okruglari ro‘yxati saylovchilar soni hamda okrug saylov komissiyalari qayerda joylashganligi ko‘rsatilgan holda ommaviy axborot vositalarida e’lon qilinadi.

Shuningdek, majlisda O‘zbekiston respublikasi prezidenti sayloviga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bilan bog‘liq bo‘lgan boshqa masalalar ham ko‘rib chiqildi.

Yangiliklar lentasi
0