TOShKENT, 14 noya — Sputnik. O‘zbekiston zararkunanda hashorotlarga qarshi paxta maydonlariga kimoviy ishlov berish uslubidan butunlay voz kechdi, deb xabar qilishdi Sputnik muxbiriga Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligida.
90 yillar boshida paxtaga kimoviy ishlov berish ko‘sak qurtiga qarshi kurashning asosiy uslubi edi. Respublikadagi barcha paxta maydonlariga yiliga 3-4 marta kimoviy ishlov berilar edi.
"Paxta zararkunandalariga qarshi kurash o‘simlik hosilini ko‘paytirishga qaratilgan choralarning biridir. Sobiq Ittifoq daridan beri qo‘llanib kelinayotgan kimoviy ishlov berish uslubi qishloq joylarda ekologik vaziyatning keskin yomonlashuvi va atrof muhit iflosdanishiga olib kelar edi. Shu sababdan Respublikada boshqa uslubga o‘tishdi", — dedi vazirlik vakili.
Atrof-muhitni himoya qilish, mahsulot siftiani oshirish va mehnat sharoitlarini yaxshilash maqsadida o‘simliklarni himoya qilishning yangi integratsion yo‘li o‘ylab topildi. Yangi uslubga ko‘ra, paxtani himoya qilish uchun imkon qadar ko‘proq biologik uslubdan foydalaniladi.
Bugungi kunda O‘zbekistonda bioligik metod bilan himoya qilish hajmi 90% dan oshdi. Respublikada 700 dan ortiq biologik labaratoriyalar va biofabrikalar ishlamoqda. Ular o‘simlik zararkunandalariga qarshi entomofaglar (foydali hashorotlar) ishlab chiqarish bilan shug‘ullanmoqda.
Eslatib o‘tamiz, bugungi kunda O‘zbekistonda 54 mingdan ortiq xo‘jaliklar "oq oltin" yetishtirish bilan shug‘ullanmoqda. Respublikada yiliga 3 mln tonnadan ortiq paxta xom ashyosi yetishtirilmoqda. Oxirgi olti yil davolmida O‘zbekiston paxta yetishtirish bo‘yicha dunyoda oltinchi o‘rinni egallamoqda.