TOShKENT, 14 noya — Sputnik. Moldovada bo‘lib o‘tgan to‘g‘ridan-to‘g‘ri prezident saylovining 2-bosqichida sosialistlar partiyasi rahbari Igor Dodon g‘olib chiqdi.
Kecha 13-noyabr kuni Moldovada bo‘lib o‘tgan saylovning ikkinchi bosqichida, 99,09% ovozlar hisobi bo‘yicha Dodon 53,12% saylovchilar ovozi olgan. Sandu esa — 46,88%.
“Shuni ishonch bilan aytamanki, biz bu saylovda g‘olib chiqdik. Ovoz berish hali davom etmoqda, lekin ayni damda biz allaqachon 50%+1ta ovoz to‘plab bo‘ldik. Biz g‘alabaga erishdik”, — dedi Dodon brifingda.
U o‘zining raqibi Mayya Sanduning saylovchilariga yuzlanib shunday dedi: — Mayya Sanduga ovoz bergan fuqarolarni munosib va yaxshi natija bilan tabriklayman. Lekin ayni damda biz jamiyat ikkiga bo‘linmasligi uchun hamma ishni bajarishimiz kerak.
Dodon Moldovaning barcha fuqarolari, o‘z tarafdorlari va raqib nomzod tarafdorlari prezidenti bo‘lishga va’da berdi.
“Men menga qarshi ovoz berganlar fikriga ham quloq solaman, chunki bugungi kundan boshlab men butun mamlakat prezidentiman. Hurmatli raqib, keling birgalikda jamiyatni tinchlantiraylik”, — dedi Dodon.
Eslatib o‘tamiz Igr Dodon Rossiya bilan hamkorlikni qayta tiklash va Moldova mahsulotini Rossiya bozoriga qaytarish tarafdori. Shuningdek, u Rossiya bilan energetika sohasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish tarafdori.