Moldova prezident saylovida Igor Dodon yetakchilik qilmoqda

© Sputnik / Miroslav RotarMolodva prezidenti nomzodi Igor Dodon
Molodva prezidenti nomzodi Igor Dodon - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Igor Dodon Moskva bilan munosabatlarni tiklash, Moldova mahsulotlarini Rossiya bozoriga qaytarish va Rossiya bilan energetik hamkorlikni yo‘lga qo‘yishni rejalashtirgan.

TOShKENT, 31 okt — Sputnik. Moldova Respublikasida 30-oktabr kuni bo‘lib o‘tgan prezident saylovida Sotsialistlar partiyasi rahbari Igor Dodon yetakchilik qilmoqda, deb xabar qilmoqda Sputnik Moldova.

Markaziy Saylov qo‘mitasi xabariga ko‘ra, Igor Dodon birinchi turda to‘liq g‘alabaga erishish uchun yetarli ovoz to‘play olmagan, shuning uchun 13-noyabrda ovoz berishning ikkinchi turi bo‘lib o‘tishi ehtimoli bor.

Ayni damda saylov varaqalarining 99.3 % hisoblandi. Ularning natijasiga ko‘ra, Dodon 48, 26% ovoz to‘plagan. Uning raqibi, “Harakat va hamjihatlik” partiyasi rahbari  -   Mayya Sandu – 38,42 % ovoz to‘plagan. Moldova prezidentligiga birinchi turda g‘alaba qozonish uchun nomzod 50% va +1 dona ovoz to‘plashi kerak.

Saylovda ishtirok etgan boshqa nomzodlar ancha orqada qolib ketishgan, Dmitriy Chubashenko – 6%, Yuriy Lyanke – 3,12%, boshqalar 2%dan kam.

Dodon eng ko‘p ovoz to‘plashi yangilik bo‘lmadi, saylovdan oldin ham ko‘pchillik uning g‘alabasini kutgan edi.

Sotsialistlar partiyasi rahbari Igor Dodon, prezident bo‘lgan taqdirda Moskva bilan munosabatlarni tiklash va Molddova mahsulotlarini Rossiya bozoriga qaytarish tarafdoridir. Undan tashqari, Dodon, Rossiya bilan energetik hamkorlikni yo‘lga qo‘yishni rejalashtirgan.

Nomzod Sanduning siyosati esa — Ruminiya va Ukraina bilan  aloqalarni mustahkamlash va AQSh bilan strategik hamkorlikni yo‘lga qo‘yishdir.

Mustaqil kuzatuvchilar xabariga qaraganda, Moldova prezidenti saylovida aholi juda faol qatnashgan. Ovoz berish tartibi barcha xalqaro talablar darajasida bo‘lib o‘tgan. Moldova saylov qo‘mitasi xabariga ko‘ra, prezident sayloviga mamlakat budjetidan 4,99 mln $ mablag‘ ajratilgan.

Yangiliklar lentasi
0