Mirziyoyev Xitoy TIV rahbarini qabul qildi

© Sputnik / Aleksey Drujinin / Mediabankka o‘tishShavkat Mirziyoyev
Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Bo‘lib o‘tgan suhbat davomida 2017-yilda ikki mamlakat rahbariyati orasidagi urashuv haqida kelishib olindi.

TOShKENT, 13 noya — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti vazifasini bajaruvchi Shavkat Mirziyoyev Xitoy TIV rahbari Van I bilan uchrashdi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.

“Odatdagidek ochiq va do‘stona muhitda bo‘lib o‘tgan suhbat davomida, O‘zbekiston va Xitoyning bosqichma – bosqich rivojlanib borayotgan munosabatlari va strategik hamkorligi qayd etildi”, — deyilgan O‘zbekiston rahbari matbuot xizmati xabarida.

Xitoy O‘zbekistonning yetakchi hamkorlarida biri bo‘lib, ikki mamlakat orasidagi savdo munosabatlari hajmi 4 milliard dollardan oshgan, O‘zbekistonga jalb qilingan Xitoy sarmoyalari va kreditlari hajmi esa – 6,5 milliard dollardan oshgan.

Oq saroy qarorgohi - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston va Xitoy 2017-yilda ham hamkorlikni davom ettirishga kelishib oldi

Uchrashuvda shuningdek, ikki mamlakat rahbariyati orasida doimiy ravishda o‘tkazilayotgan suhbatlar o‘ta muhim o‘rin tutishi ikkala tomondan ham qayd etildi. Xususan, 2017-yil davomida ham mamalkat rahbariyatlarining yana bir uchrashuvi o‘tkazishga kelishib olishdi.

Xitoy TIV rahbari O‘zbekistonda o‘zining hamkasabasi Abdulaziz Kamilov bilan uchrashdi va Samarqandga tashrif buyurdi. Samarqandda Van I O‘zbekiston birinchi prezidenti Islov Karimov qabrini ziyorat qildi.

 

Yangiliklar lentasi
0