TOShKENT, 13 noya — Sputnik. Astronomik ma’lumotlarga ko‘ra, bugun 13-noyabrdan 14-noyabrga o‘tar kechasi Super Oy hodisasi kuzatiladi.
Oy bugun Yerga nisbatan oxirgi 70-yil ichida eng yaqin masofaga yaqinlashadi. Ushbu hodisa O‘zbekiston, Qozog‘iston, Xitoy, Oltoy o‘lkasi va G‘arbiy Sibir hududlarida yashaydigan aholiga ayniqsa yaxshi ko‘rinadi, asosiysi osmon bulutli bo‘lmasa bo‘lgani.
SamDU Fizika fakulteti, Astronomiya kafedrasi assistenti Shuhrat Egamberidev "Samarkandskiy vestnik" gazetasiga ushbu tabiiy hodisaga izoh berdi.
"Ma’lumki, Oy sayyoramiz atrofida ellipssimon orbita bo‘ylab harakat qiladi. Oyning sayyoramizga nisbatan yaqinlashishi va uzoqlashishi shu bilan tushuntiriladi. Yakshanbadan (13 noyab) dushanbaga (14 noyabr) o‘tar kechasi Oy Yerga maksimal darajada yaqinlashadi, ya’ni perigeyda joylashadi. Bunday hodisa oxirgi marta 1948-yilda kuzatilgandi. Biz samarqandlik astronomlar Sattepoda joylashgan ilmiy-o‘quv markazida bu hodisani kuzatmoqchimiz. U yerda kuchli GRUBB-PARSONS teleskopi joylashgan.
Biroq bizning viloyatdagi ko‘pchilik odamlar teleskopsiz ham soat 21:50dan 4:15gacha bu noyob hodisaning guvohi bo‘lishlari mumkin bo‘ladi. Oy tongga yaqin Yerga 351722 km gacha yaqinlashadi. Bu hodisa vaqtida Oy odatdagidan 14 foizga kattaroq va 30 foiz yorqinroq bo‘ladi.
Hammani tinchlantirib qo‘ya qolay, bu hodisa hech qanday tabiiy o‘zgarishlarga olib kelmaydi. Oy 14-noyabrdan yana bizdan olislasha boshlaydi", deb tushuntirdi mutaxassis.