TOShKENT, 13 noya — Sputnik. Tramp Suriya mojarisini hal qilish uchun Rossiya bilan ittifoq tuzish rejasi borligi tufayli, Buyuk Britaniya diplomatik krizisda, deb xabar qilmoqda RIA Novosti The Telegraph nashriga asosan.
Britaniya Tashqi ishlar vazirligi kelayotgan bir necha oy davomida Trampni Suriya prezidenti bashar Asadni hukumatdan chetlatish siyosatiga ko‘ndirmoqchi.
Eslatib o‘tamiz, bundan oldin nomzod Donald Tramp Wall Street Journal gazetasiga bergan intervyusida, Suriyada ID terrorchilariga qarshi kurashish kerak, prezident Asadga qarshi emas deb xabar qilgan edi.
Britaniya TIV xodimlari fikriga ko‘ra tashqi siyosat borasida Trampning fikrini o‘zgartirish "o‘ta murakkab" ish bo‘ladi, lekin London o‘z nuqtayi nazarini o‘zgartirishni istamaydi.
"Suriya kelajagida Asadga o‘rin yo‘q, bunga bizning ishonchimiz komil. Uning qo‘lida 400 ming kishining qoni bor", — deb TIV vakili so‘zlarini keltiradi nashr.
Eslatib o‘tamiz, AQShda 8-noyabr kuni bo‘lib o‘tgan prezident saylovi, amerika esteblishmenti va NATOning Yevropadada hamkorlari uchun katta "surpriz" bo‘ldi. OAVlar bor imkoniyati bilan qo‘llab-quvvatlagan va "Google"ning "yoqimtoyi" bo‘lgan Xillari Klinton yutqizib qo‘ydi. Endi bo‘lsa, AQShning NATOdagi hamkorlari ular xoxlagan ishni amalga oshirishni istamaydigan prezident bilan qanday munosabatda bo‘lishni bilmay, oyog‘i quygan tovuqdek pitirlashga tushgan.