Tramp Mosulni ozod qilish operatsiyasini "butkul falokat" deb atadi

© Sputnik / Aleksey Filippov / Mediabankka o‘tishDonald Tramp
Donald Tramp - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
AQSh prezidentligiga nomzodning fikricha, Iroqning bu shahriga hujum muvaffaqiyatsizlikka uchramoqda, AQSh esa ahmoqdek ko‘rinmoqda

TOShKENT, 24 okt — Sputnik. Amerika prezidentligiga respublikachilar partiyasidan nomzod Donald Tramp Mosulni ID terrorchilaridan ozod qilish operatsiyasi "butkul falokatga aylanmoqda".

U bu haqda o‘zining Twitterdagi mikroblogida yozdi.

"Mosulga hujum butkul falokatga aylanmoqda. Biz ularni bir necha oy ogohlantirdik. AQSh ahmoqdek ko‘rinmoqda. Trampga ovoz bering va yana g‘olib bo‘ling", — deb yozdi u.

Qurd kuchlari - Sputnik O‘zbekiston
Iroq harbiylari va qurd ko‘ngillilari Mosulni ozod qilishni boshladi

Ilgariroq Tramp Mosulni ozod qilish operatsiyasi faqatgina demokratlar nomzodi Xillari Klintonni qo‘llab-quvvatlash uchun o‘tkazilayotganini bildirgandi. Uningcha, Mosulning ozod qilinishi saylovchilarga demokratlar partiyasining tashqi siyosatdagi muvaffaqiyatini namoyish etadi.

17 oktabrga o‘tar kechasi Iroq hukumat kuchlari va kurdlar otradlari AQSh boshchiligidagi koalitsiya aviatsiyasining qo‘llab-quvvatlashi ostida Naynavo viloyati markazi Mosul shahrini ID terrorchilaridan ozod qilish bo‘yicha operatsiya boshlagandi.

Yangiliklar lentasi
0