Xalqaro kuzatuvchilar Namanganda o‘z missiyasini boshladi

© http://jahonnews.uz/uz/aktualno/627/27802/Xalqaro kuzatuvchilar Namanganda o‘z missiyasini boshladi
Xalqaro kuzatuvchilar Namanganda o‘z missiyasini boshladi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Namanganda Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti (EXHT) Demokratik institutlar va inson huquqlari bo‘yicha burosining (DIIHB) O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini kuzatish bo‘yicha missiyasi uzoq muddatli kuzatuvchilari Diana Franka Ferrari va Sheyn Kong An o‘z missiyasini boshladi

TOShKENT, 12 noya — Sputnik. Xalqaro kuzatuvchilar Namanganda o‘z missiyasini boshladi, deb xabar qilmoqda "Jahon" AA. Xabarda aytilishicha, kuzatuvchilar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini o‘tkazuvchi 6-Namangan okrug saylov komissiyasining raisi Paxriddin Matkarimov bilan uchrashgan. Unda kuzatuvchilar missiya saylovni baholashda YeXHT majburiyatlariga, demokratik saylov o‘tkazishning xalqaro standartlari va talablariga hamda milliy qonunchilikka tayanishini ta’kidlaganlar.

YeXHT/DIIHB missiyasi O‘zbekiston Prezidenti saylovini kuzatishni boshladi
Kuzatuvchilar saylov jarayonida bo‘lib o‘tadigan tadbirlarni, saylov ma’muriyati va mutasaddi tashkilotlar faoliyatini, qonunchilikka rioya qilinishini kuzatadi va saylovga tayyorgarlik, saylov kungi tadbirlarning ommaviy axborot vositalarida yoritilishini monitoring qiladi.

"Men O‘zbekistondagi saylovlarda mazkur missiya kuzatuvchisi sifatida ikkinchi marta ishtirok etmoqdaman, – deydi Diana Franka Ferrari. – Avvalo, biz O‘zbekistondagi shunday muhim siyosiy tadbirda ishtirok etayotganimizdan mamnunligimizni, o‘zbek xalqining madaniyatiga chuqur hurmat bilan qarashimizni aytmoqchimiz. Har bir saylov alohida jarayon va bir-birini takrorlamaydi, shuning uchun ularni solishtirib bo‘lmaydi. Biz Namanganda saylov uchastkalari faoliyati bilan tanishamiz, siyosiy partiyalar, ommaviy axborot vositalari, fuqarolik jamiyati vakillari bilan uchrashamiz".

Kuzatuvchilar okrug va uchastka saylov komissiyalarining tarkibi, faoliyati, Prezidentlikka nomzodlarning saylovoldi tashviqoti tadbirlari, ularga qonunchilik talablari asosida teng sharoitlar yaratib berish masalalari bilan qiziqdi. Kuzatuvchilarga viloyatda bu borada olib borilayotgan ishlar haqida so‘zlab berildi.

Yangiliklar lentasi
0