YeXHT/DIIHB missiyasi O‘zbekiston Prezidenti saylovini kuzatishni boshladi

Obuna bo‘lish
Elchi Peter Teyler rahbarlik qiladigan missiya Toshkent shahrida 15 nafar, mamlakat bo‘ylab 20 nafar uzoq muddatli kuzatuvchi-ekspertdan iborat bo‘ladi. Saylov kuni YeXHTga a’zo 21 mamlakatdan 250 nafar qisqa muddatli kuzatuvchilarni jalb etish rejalashtirilgan

TOShKENT, 2 noya — Sputnik. Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti (YeXHT) Demokratik institutlar va inson huquqlari burosi (DIIHB) muddatidan avval o‘tkazilayotgan O‘zbekiston Prezidenti saylovini kuzatish tadbirini boshladi. Joriy yilning 1-noyabr kuni Toshkentga YeXHT DIIHBning O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovni kuzatish bo‘yicha missiyasi rahbari Yoxan Peter Traugott Teyler kelmoqda, deb xabar qilmoqda O‘zbekiston MSK rasmiy saytida.

Xabarda aytilishicha, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi 2016-yil 28-oktabrdagi qarori bilan YeXHTga a’zo bo‘lgan 13 ta mamlakatdan 17 nafar kishidan iborat YeXHT DIIHB kuzatuvchilar missiyasi asosiy guruhini ro‘yxatga olgan.

Asosiy guruh ikki – tahliliy va tezkor bo‘linmadan iborat bo‘lib, butun missiya to‘laqonli ishlashini, shu jumladan saylov bilan bog‘liq barcha axborotlar to‘plash, umumlashtirish va yakuniy tahlil qilishni hamda missiya va YeXHT DIIHB o‘rtasida doimiy aloqani, shuningdek DIIHB bosh qarorgohidan missiyaga zarur yordam ko‘rsatilishini ta’minlaydi.

Sall-markaz dispetcheri - Sputnik O‘zbekiston
MSK ishonch telefonini ishga tushirdi
Missiya rahbari Yoxan Peter Traugott Teyler shved diplomati, 1949-yilda tug‘ilgan, filologiya magistri darajasiga ega bo‘lib, uning diplomatik xizmatda 40-yillik tajribasi bor. Turli yillarda Shvetsiya Tashqi ishlar vazirligida, shuningdek Shvetsiyaning Siriyadagi diplomatik vakolatxonasida ishlagan, Pokiston, Afg‘oniston, Janubiy Afrika Respublikasi va boshqa mamlakatlardagi diplomatik vakolatxonalariga rahbarlik qilgan. 2012-2016 yillarda Shvetsiyaning Eron Islom Respublikasidagi elchisi bo‘lgan.

Missiya rahbari sifatidagi vazifalari missiya ishini nazorat qilish, shu jumladan davlat idoralari, saylov o‘tkazish bo‘yicha organlar, saylov jarayoni boshqa ishtirokchilari bilan aloqalar o‘rnatish va mustahkamlash, shuningdek missiyaning oraliq, dastlabki va yakuniy hisobotlari tayyorlanishini ta’minlashdan iboratdir.

Ta’kidlash lozimki, YeXHT DIIHBning saylovni kuzatish bo‘yicha missiyasi tarkibiga asosiy guruh bilan birga 28 nafar uzoq muddatli kuzatuvchilar, shuningdek ovoz berish kuni saylov uchastkalarida kuzatuvni amalga oshiradigan 250 nafar qisqa muddatli kuzatuvchilar kiritilgan.

Matbuot - Sputnik O‘zbekiston
Partiya nashrlariga saylovoldi tashviqoti uchun cheklov qo‘yilmaydi
Mamlakatimizga kelishi 5-noyabrga rejalashtirilgan uzoq muddatli kuzatuvchilarning vazifalari saylov jarayonining turli bosqichlarini mintaqalarda kuzatish va missiya ishtirokchilariga mamlakatda nima bo‘layotganligi haqida to‘laqonli axborot taqdim qilishdan iborat. Uzoq muddatli kuzatuvchilarning faoliyati DIIHBga mintaqalardagi kuzatuv natijalarini inobatga olgan holda saylov jarayoni haqida to‘laligicha hisobot tuzish imkonini beradi.

Qisqa muddatli kuzatuvchilarning vazifalari ularga biriktirilgan hududda saylov kuni kuzatuvni amalga oshirish, shuningdek o‘z xulosalari haqida aniq va to‘laligicha missiyaning bosh qarorgohiga xabar berishdan iboratdir. Yetarli miqdorda qisqa muddatli kuzatuvchilarni joylashtirish DIIHBga butun mamlakat bo‘yicha statistik jihatdan ko‘proq saylov uchastkalarini qamrab olish imkonini beradi. Qisqa muddatli kuzatuvchilarning mamlakatimizda joriy yilning 2-dekabridan 6-dekabrigacha faoliyat yuritishi nazarda tutilgan.

Ta’kidlash lozimki, saylovni kuzatish bo‘yicha to‘laqonli missiya Markaziy saylov komissiyasining taklifiga binoan hamda mamlakatimiz xalqaro standartlarga muvofiq mazkur muhim siyosiy tadbirni ochiq va oshkora o‘tkazishga tayyorligini e’tiborga olib ilk marotaba O‘zbekistonga yuborilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Prezidenti saylovi 2016-yil 4-dekabr kuni bo‘lib o‘tadi.

Yangiliklar lentasi
0