Putin G‘arb qo‘rqqani uchun uni yomon ko‘rinishini aytdi

© Sputnik / Sergey Guneyev / Mediabankka o‘tishRossiya prezidenti Vladimir Putin
Rossiya prezidenti Vladimir Putin - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rossiyaning NTV telekanali bir necha yil davomida Rossiya prezidentiga hamroh bo‘lishga ruxsat olgan nemis - Xubert Zaypel tilidan yozib olingan hikoyalar asosida "Das ist Putin" nomli sujet tayyorladi

TOShKENT, 8 okt — Sputnik. Xubert Zaypel — jahon ommaviy axborot vositalari uchun chinakam jumboqdir. Kimdir uni Putinning yaqin do‘sti va shaxsiy biografi, deb atasa, yana kimdir uchun u — Kremlning maxfiy va obro‘li agenti hisoblanadi. Who is mister Putin? Mana shu savolga javob topish uchun bu sirli janob Rossiya prezidentiga bir necha yil davomida hamroh bo‘lgan. RIA Novosti xabari asosida.

Rossiya prezidenti Vladimir Putin - Sputnik O‘zbekiston
"Biz ularni hojatxonada gumdon qilamiz" yoxud Putinning eng yorqin iboralari
"Das ist Putin" — "bir necha yilga Rossiya prezidentiga ergashishga ruxsat olishga muvaffaq bo‘lgan" nemis kishisi tilidan Vladimir Putin haqida tayyorlangan sujetdir. U NTV kanalining "Novie russkie sensatsii" dasturi orqali namoyish etildi.

Nemis jurnalisti tomonidan: "Nima deb o‘ylaysiz, G‘arb sizni nima uchun yoqtirmaydi", deb berilgan savolga Putin "Qo‘rqqani uchun", — deya javob qaytargan.

Rossiya prezidenti intervyu davomida, shuningdek: "Men xalqim meni qanday ko‘rishni istasa shunday bo‘lishim kerak", — deb ta’kidlagan.

Yangiliklar lentasi
0