TOShKENT, 12 noya — Sputnik. Saratov sudi 15 yashar qizni zo‘rlaganlikda ayblangan O‘zbekiston fuqarosini 17-yilga ozodlikdan mahrum qildi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.
Rossiya Tergov Qo‘mitasi tarqatgan xabarlarga ko‘ra, 8-iyulga o‘tar kechasi Saratovga pul topish ilinjida tashrif buyurgan 33 yoshli O‘zbekiston fuqarosi, mast holatda, Ikkinchi Pugachovo posolkasida 15 yashar qizning nomusiga tekkan. Tergovchilarga ko‘ra, u shundan so‘ng, jismoniy kuch ishlatish tahdidi bilan qizni Saratovning boshqa tumaniga olib ketgan va o‘sha joyda yana uni majburlagan.
"Sud qarori bilan sudlanuvchi 17-yilga ozodlikdan mahrum qilindi. U jazoni koloniya tartibida o‘taydi", — deb xabar qilmoqda sud matbuot-xizmati.
Hukm hali qonuniy kuchga kirmagan va sudlanuvchi shikoyat arizasini berishi mumkinligi ta’kidlanmoqda.