TOShKENT, 12 noya — Sputnik. Moskvada noqonuniy migratsiya ishlari bilan shug‘ullanganlikda gumon qilinganlar qo‘lga olindi, ular orasida jamoatchilik birlashmalarining birining raisi ham bor, deb xabar qilmoqda Rossiya IIV vakili Irina Volk.
Rossiya IIV ma’lumotiga ko‘ra, "noqonuniy migratsiya xizmati" nolegal migrantlarga chegarani kesmasdan Rossiya vizasiga ega bo‘lish imkonini taqdim etgan, bundan tashqari, kanal, migratsiya kartalari, registratsiya, tibbiy ma’lumotnomalar va boshqa zarur hujjatlar savdosi bilan shug‘ullangan.
Qo‘lga olinganlarga "noqonuniy migratsiyani tashkillashtirish" moddasi bo‘yicha ayblov qo‘yilgan. Huquqni muhofaza qilish organlari uyushgan jinoiy guruhning qolgan a’zolari tomonidan amalga oshirilgan jinoyatlarni o‘rganmoqda.