O‘zbekiston Iroq, Iordaniya va Somaliga yengil avtomobillar eksport qilishni boshladi

© Sputnik / Vadim ShekunRavon Gentra avtomobili
Ravon Gentra avtomobili - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Joriy yil boshidan buyon yana 835 korxona eksport faoliyatiga jalb etildi, 246 turdagi yangi mahsulot eksporti yo‘lga qo‘yildi, deyilgan O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi va Davlat statistika qo‘mitasining mamlakatni joriy yil 9 oyida ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari bo‘yicha hisobotida

TOShKENT, 21 okt — Sputnik. Jahon iqtisodiyotida inqiroz holatlari hamon saqlanib turgan va jahon bozoridagi narxlar eksport salohiyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatayotgan bir sharoitda yurtimiz eksportchilarining tashqi bozordagi o‘rnini saqlash maqsadida xorijga mahsulot yetkazib berish hajmini ko‘paytirish, eksport qilinadigan mahsulotlar turi va geografiyasini diversifikatsiya qilish, eksport faoliyatiga yangi korxonalarni jalb etish ishlari davom ettirildi, deb xabar qilingan O‘zbekiston TIV rasmiy saytida e’lon qilingan qo‘shma hisobotda.

Xabarda aytilishicha, O‘zbekistonda joriy yil boshidan buyon 835 korxona eksport faoliyatiga jalb etildi, 246 turdagi yangi mahsulot eksporti yo‘lga qo‘yildi. Mahalliy mahsulotlarni chetga yetkazish geografiyasi 52 ta yangi bozorga ko‘paydi.

Xususan, Birlashgan Arab Amirliklari, Livan, Iordaniya, Iroq, Gana, Senegal, Kot-d’Ivuar, Somali, Nigeriyaga yengil avtomobillar, Yaponiya, XXR, AQSh, Isroilga vinomateriallar va vino-aroq mahsulotlari, Polsha, XXR, Turkiya, Janubiy Koreya, Latviya, Afg‘onistonga kimyo mahsulotlari, Shvetsiya, Ruminiya, Bolgariya, Turkiyaga mineral o‘g‘itlar, Belarus, Ozarbayjon, Polsha va Janubiy Koreyaga sport poyabzallari, charm buyumlar va boshqa mahsulotlar eksport qilindi.

Yil boshidan o‘rtacha oylik ish haqi 12,6 %ga oshirildi
Buning samarasida shu yilning 9 oyi yakunlariga ko‘ra, tovar va xizmatlar eksport hajmi 2015-yilning shu davriga nisbatan 1,4 % o‘sdi. Polietilen, trikotaj polotno, ip gazlama, farmatsevtika preparatlari va tibbiyot buyumlari, molibden, volfram mahsulotlari, ammofos, kalsiylashtirilgan soda, yuk avtomobillari va yuqori qo‘shimcha qiymatga ega boshqa mahsulotlarni eksport qilish hajmi oshdi.

Mamlakatda yetishtirilgan meva-sabzavot mahsulotlarini eksport qilish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar amalga oshirilgani, jumladan, "O‘zagroeksport" ixtisoslashtirilgan tashqi savdo kompaniyasi tashkil etilgani natijasida joriy yil 9 oyida 543 ming tonnadan ziyod yoki 2015-yilning shu davriga nisbatan 40,4 % ko‘p ho‘l meva va qayta ishlangan meva-sabzavot mahsulotlari eksport qilindi.

Yangiliklar lentasi
0