Sog‘liqni saqlash vaziri: Rossiyaning 10ta regionida har 50-kishi OIV yuqtirgan

© Sputnik / Aleksey Malgavko / Mediabankka o‘tishShpris
Shpris - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rossiyaning o‘nta regioni OIV borasida ayanchli ahvolda, Sverdlovsk viloyati ular orasida yetakchi o‘rinda

TOShKENT, 10 noya — Sputnik. Rossiyaning o‘nta regioni OIV borasida ayanchli ahvolda, Sverdlovsk viloyati ular orasida yetakchi o‘rinda, dedi Rossiya sog‘liqni saqlash vaziri Veronika Skvorsova jurnalistlargan. Bu haqda RIA Novosti xabar bermoqda.

Noyabr boshida Yekaterinburg sog‘liqni saqlash boshqarmasi shaharda 26693 OIV infeksiyasini yuqtirish holati qayd etilganini ma’lum qilgandi. Bu har yuz ming kishiga 1826 kishini, ya’ni shahar aholisining 1,8 foizini tashkil etadi. Boshqacha qilib aytganda, shahardagi har 50-fuqaro mazkur virusni yuqtirgan. Bundan tashqari, 774 nafar bola ro‘yxatga olingan bo‘lib, ulardan 342 nafarida kasallik borligi tasdiqlangan.

OITSga qarshi kurash markazi - Sputnik O‘zbekiston
Yekaterinburgda OITS epidemiyasi avj olmoqda

Dushanba kuni Yekaterinburgga Sverdlovsk viloyatidagi OIV yuqtirish holatini o‘rganish uchun Rossiya sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosari Sergey Krayev boshchiligidagi komissiya tashrif buyurdi.

Skvorsovaning aytishicha, "OIV yuqtiruvchi barcha manbalarning 57%ini inyeksiya yo‘li bilan yuqtirish, ko‘pincha geroin qabul qiluvchilar tashkil etadi. OIV 40% holatlarda jinsiy yo‘l orqali yuqqan", – dedi vazir.

"Shuning uchun 85ta regionning 10tasida vaziyat ayanchli. Birinchi o‘rinda Sverdlovsk viloyati – yaqinda matbuotda shov-shuvga aylangan Yekaterinburg turibdi", — dedi Skvorsova.

Yangiliklar lentasi
0