TOShKENT, 2 noya – Sputnik. Yekaterinburgda OIV epidemiyasi e’lon qilindi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti shahar administratsiyasi xabariga asosan.
Xabarda aytilishiga ko‘ra, shaharda OIV bilan zararlangan 26693 kishi aniqlangan. Bu esa aholining 1,8 %ni tashkil qiladi, ya’ni shahar aholisining har 50 nafaridan biri kasallangan. Unan tashqari 774 yosh bola ham nazorat ostida. Ulardan 342 nafarida OITS tashhisi qo‘yilgan.
“Kasallanish darajasi o‘zgarib turadi: eng yuqori ko‘rsatkich – Jeleznodorojniy rayonida (2%dan ko‘p), Leninsk va Kirovsk tumanlarida esa – 1,5 %. Umuman olganda, OIV yuqtirish bo‘yicha Sverdlovsk viloyati butun Rossiya bo‘yicha birinchi o‘rinda”, — deb xabar qilishda shahar ma’muriyatida.
Yekaterinburgda kasallanish asosan narkotik moddalarni qabul qilish yo‘li bilan yuqadi – 52%, ikkinchi o‘rinda esa 46% — jinsiy aloqa yo‘li bilan yuqtiriladigan.
Bugungi kunda Yekaterinburgda jinsiy aloqa yo‘li bilan virus yuqtirish juda avj olmoqda. Kasallanganlar orasida nafaqat yoshlar, orasida 35-49 yoshlilar –ham ko‘p.