Tojikistonda Afg‘on elchisiga hujum uyushtirildi

© SHAH MARAI / AFPPorlash oqibatlari
Porlash oqibatlari - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Jumaga o‘tar kechasi minalashtirilgan avtomobil ruli qarshisida bo‘lgan xudkush-terrorchi diplomatlar tomonidan konsullik sifatida foydalanilgan Mazar Hotel oteli devoriga kelib urilgan

TOShKENT, 11 noya — Sputnik. "Tolibon" radikal harakati jangarilarining Mozori-Sharif shahrida joylashgan nemis konsulligiga uyushtirgan hujumi oqibatida Tojikistondagi Afg‘on elchisi yaralandi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti axborot agentligi Pajvak agentligiga tayangan holda.

Qunduz ko‘chalaridan biri - Sputnik O‘zbekiston
Afg‘oniston shimolidagi Qunduz shahrini "Tolibon" egallab oldi
Ilgariroq berilgan xabarlarga muvofiq, diplomatik korpusga uyushtirilgan hujum oqibatida 4 kishi halok bo‘lgani va 120 nafarga yaqin kishi jarohat olgani xabar qilingan edi.

Minalashtirilgan avtomobil ruli qarshisida bo‘lgan xudkush-terrorchi, jumaga o‘tar kechasi Mazar Hotel oteli binosi devoriga kelib urilgan. Xabarlarga muvofiq, nemis diplomatlari ushbu oteldan konsullik sifatida foydalanib kelganlar. Ikkinchi kuchli portlash esa bino ichida ro‘y bergan. Shundan so‘ng, bino tashqarisida otishma boshlangan, deb xabar qilingan nashrda.

Toliblar vakili bayonotiga ko‘ra, ushbu hujum Amerika aviatsiyasining Qunduz provinsiyasida amalga oshirgan harakatlariga javob tarzida amalga oshirilgan.

Eslatib o‘tamiz, 3-noyabr kuni Qunduz shahrida amalga oshirilgan bombardimonlar tufayli 30 dan ziyod tinch aholi halok bo‘lgan edi.

Yangiliklar lentasi
0