Oq-Jarda bo‘ri yosh bolaga hujum qildi

© Sputnik / Oleg Lastochkin / Mediabankka o‘tishBo‘ri
Bo‘ri - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Maktab o‘quvchisi bo‘ri hujumidan so‘ng, kasalxonaga yotqizilgan. Bolaning otasi yirtqichni miltiq yordamida otib o‘ldirgan

TOShKENT, 11 noya — Sputnik. Qirg‘izistonning Norin viloyati, Qo‘chqor tumani, Oq-Jar qishlog‘ida yovvoyi bo‘ri maktab o‘quvchisiga hamla qilgan, deb xabar bermoqda Sputnik Qirg‘iziston.

Hodisa 8-noyabr, seshanba kuni Oq-Bulun uchastkasida ro‘y bergan.

Shoqollar qabrlarni yorib ketmoqda - Sputnik O‘zbekiston
Shov-shuv: shoqollar O‘shda qabrlarni yorib, qoldiqlarni yeb ketmoqda
"Soat taxminan 16.00 atrofida to‘rtinchi sinf o‘quvchisi o‘z uyidagi saroy oldida o‘ynab yurgan bo‘lgan. Kutilmaganda bo‘ri bolakayga hujum qilgan, bolani tishlab tashlagan. Ota yirtqichni ko‘rishi bilan, uyidagi miltiq yordamida uni otib o‘ldirgan", — deb xabar qilgan Qirg‘iziston FVV matbuot-xizmati.

Bolakay ayni vaqtda tumandagi kasalxonaning jarrohlik bo‘limiga yotqizilgan.

O‘ldirilgan jonivor ekspertiza uchun Respublika Veterinariya va fitosanitariya inspeksiyasi laboratoriyasiga yuborilgan. Natijalar hozircha noma’lum.

Yangiliklar lentasi
0