TOShKENT, 10 noya — Sputnik. Rossiya avtomobillarining Bojxona ittifoqi tarkibiga kirmaydigan davlatlarga yetkazib berilishi hajmi yil boshidan buyon ikki baravarga oshdi, deb xabar berdi Review.uz "Izvestiya" gazetasiga tayanib.
O‘zbekistonda yil boshidan buyon Rossiyada ishlab chiqarilgan 1600 dona yengil avtomobil sotildi, bu o‘tgan yilgi ko‘rsatkichga nisbatan 4 baravar ko‘pdir.
Germaniyada 3,3 ming Rossiya avtomobili sotilgan, bu o‘tgan yilga nisbatan 11-marta ko‘p, Ukrainada 2,6 ming avtomobil (o‘tgan yili atigi 673 dona) sotilgan.
Shu bilan birga Misr, Latviya va Livanda ham rus avtomobillariga talab oshgan.
Joriy yilning yanvar-avgust oylarida xorijda eng sotilgan Rossiya avtomobillari Lada, Volkswagen va Hyundai bo‘ldi. Ushbu rusumdagi avtomobillar mos ravishda 6,5 ming, 3,1 ming va 2,2 ming dona eksport qilingan. Rossiyada ishlab chiqarilgan Toyota, Chevrolet, UAZ, Renault va Nissanga talab kamroq bo‘lgan.